Van der Sar ayni damdagi eng yaxshi uch darvozabon nomini aytdi

"Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni Edvin van der Sar ayni damda dunyoning eng yaxshi darvozabonlari kimlar ekanini aytdi.
"Menga so'nggi jarohatlariga qaramay, Manuel Noyer hamon yoqadi. Yana ikki nafari - Tibo Kurtua va Janluiji Donnarumma", - deya niderlandiyalikning so'zlarini keltiradi Daily Mail.
Noqer hozirda "Bavariya" darvozaboni, Donnarumma "Manchester Siti"da, Kurtua esa "Real" sharafini himoya qilmoqda.