Van de Ven yozda «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin

«Tottenxem» himoyachisi Mikki Van de Ven yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylanishi mumkin.
Daily Mail xabariga ko'ra, «MYu» 25 yoshli futbolchining holatini kuzatib bormoqda. «Qizil iblislar» himoyachining tezligi, to'p bilan muomala qilish va to'pni olib qo'yish mahoratini yuqori baholamoqda. E'tiborli jihati shundaki, himoyachining «shporlar» bilan shartnomasida tovon puli belgilanmagan.
Van de Ven 2023 yilda «Volfsburg»dan 40 million evro evaziga «Tottenxem»ga o'tgan edi.
Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 40 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga ettita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Van de Venning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.