Van de Ven yangi klubidan katta maosh talab qilmoqda

«Tottenxem» markaziy himoyachisi Mikki van de Ven yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Niderlandiyalik futbolchiga bozorda talab katta: «shporlar» yulduzi uchun kurashda vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgan «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari asosiy favorit hisoblanmoqda.
CaughtOffside nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, van de Ven yangi klubda haftasiga taxminan 200 ming funt sterling (230 ming evrodan ortiq) maosh olmoqchi — u muzokaralar davomida aynan shunday shart qo'yish niyatida. Ehtimoliy transfer qiymati 60–80 million funt (70–93 million evro) atrofida baholanmoqda.
Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi «Tottenxem» safida barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.