Van Basten - van Deyk haqida: "U jamoani orasidan etaklay olmaydi"

O'tmishda mashhur bo'lgan niderlandiyalik futbolchi Marko van Basten "Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil van Deyk haqida fikr bildirdi.
Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, futbolchining asosiy kamchiligi yumshoq fe'l-atvori tufayli etakchilik qobiliyatining yo'qligidir.
"U fantastik o'yinchi, ehtimol, dunyoning eng yaxshi himoyachisi. U bosh bilan o'ynay oladi, u tezkor, baland bo'yli va maydonni yaxshi ko'radi. Ammo u jamoani ortidan ergashtiradigan etakchi emas," - dedi van Basten Ziggo Sport efirida.