"Real" Ispaniya Superkubogi yarim finalida Madrid derbisida "Atletiko"ni mag'lub etdi - 2:1.

O'yin startida "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Federiko Valverde jarima zarbasidan o'zining "pushka" zarbasini ijro etgan holda hisobni ochdi.

Ma'lum bo'lishicha, urugvaylik xavbekning zarbasidan so'ng to'p 108 km/soat tezlikda darvozaga kirgan.

Finalda "Real" 11 yanvar kuni "Barselona"ga qarshi o'ynaydi.