Valverdening «Manchester Yunayted»ga transferi bloklandi

«Real Madrid»ning bo'lajak bosh murabbiyi Joze Mourino Federiko Valverdening «Manchester Yunayted»ga sotilishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Mourino Valverdeni daxlsiz (sotilmaydigan) o'yinchi deb hisoblaydi va «Manchester Yunayted» tomonidan jiddiy qiziqish bo'layotganiga qaramay, kelayotgan yozda uni qo'yib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, bundan avval Valverde Orelen Tchuameni bilan urishib (mushtlashib) qolgan, natijada urugvaylik futbolchi shifoxonaga yotishga va bir nechta mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan edi. Joriy mavsumda 27 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.