Valverde - "Real"ning "Marsel" bilan o'yinidagi hakamlik haqida: "Hech narsa aytishni istamayman"

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Chempionlar ligasi doirasidagi "Marsel"ga (2:1) qarshi o'yindan so'ng intervyu berdi.
"Hakamning bahsli qarorlari? Men hech narsa demoqchi emasman. Biz hali ham his-tuyg'ularga to'lib-toshganmiz va agar hozir izoh berishni boshlasam, muammolarga duch kelishim mumkin. Hakamlar haqida gapirishni yoqtirmayman - keling, yaxshisi, jamoa o'yini haqida gaplashaylik," - deya Valverdening so'zlarini keltiradi Madrid Zone.