Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoadoshi Kilian Mbappening o'yini haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

Frantsiyalik hujumchi shanba kuni La Liga doirasida "Valensiya"ga qarshi kechgan bahsda (4:0) dubl qayd etdi.

"Umid qilamanki, Kilian gol urishda va o'yindan zavqlanishda davom etadi. U "Real"da hali ko'p narsaga erishishi kerak. Mbappe - dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri, shuning uchun muvaffaqiyatli bo'ladi. Bizning vazifamiz - u uchun imkon qadar ko'proq sifatli vaziyatlar yaratish," - deya Valverdening so'zlarini keltiradi Madrid Universal.

Kilian Mbappe joriy mavsumda Xabi Alonso jamoasi safida barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urishga erishdi.