"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoadoshi Kilian Mbappening o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Yakshanba kuni frantsiyalik futbolchi “Los-Blankos”ning “Xetafe”ga qarshi o'yinida yagona gol muallifiga aylandi.

26 yoshli forvard ketma-ket 11-uchrashuvida gol urdi. "Biz Kilianga yanada ko'proq imkoniyat berishimiz kerak.

Unga oldinda o'ynash qulayroq", - dedi Valverde g'alabadan keyin.