Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening xatti-harakatlariga izoh berdi.

"Simeonening Viniga aytgan so'zlari? Bu futbolning bir qismi, o'yinning bir qismi. Bu derbi. Shunga o'xshash narsalar maydonda qoladi", - deb javob berdi intervyuda gol va samarali pas muallifi Valverde.

Ispaniya Superkubogi yarim final bahsi Xabi Alonso jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Qaymoqranglilar" 11 yanvar kuni "Barselona" bilan o'ynaydi.