Yozda Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Xesus Valexo erkin agent sifatida "Albasete"ga o'tdi. Yangi jamoasida u o'z etakchiligini ko'rsata oldi.

"U har doim hammaga yordam beradi, o'z tajribasini bajonidil baham ko'radi. Nafaqat o'yin ma'nosida, balki shaxsiy ma'noda ham," - dedi "Albasete" sardori Riki.

Jamoaning yana bir o'yinchisi - Xefte ham sardor fikriga qo'shildi:

"U kelganida, u biz bilan anchadan beri o'ynayotgandek tuyuldi. U har doim maslahat va yordam uchun tayyor."

Eslatib o'tamiz, "Albasete" ayni damda Segunda divizionida harakat qilmoqda.