«Spartak» klubining sobiq futbolchisi Valeriy Kechinov 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasining imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

— O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etayotgani sizda qanday hissiyot uyg'otmoqda?

— Bu erda ikki xil fikr bo'lishi mumkin emas. O'zbekiston uchun bu ulkan yutuq. Bu natijaga hissa qo'shgan barcha insonlar maqtovga loyiq, — dedi Kechinov.

Sobiq futbolchi terma jamoada etakchilar borligini tan olgan bo'lsa-da, O'zbekistonning asosiy kuchi jamoaviy o'yin ekanini ta'kidladi.

— Bu jamoada faqat bir yoki ikki nafar futbolchini ajratib ko'rsatish qiyin. O'zbekistonning eng katta ustunligi — uning jamoa sifatida kuchli ekani. Albatta, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullaev va Abduqodir Husanov kabi etakchilar bor, ammo boshqa iqtidorli futbolchilar ham etarli, — dedi u.

Kechinov Portugaliya va Kongo DR uchun O'zbekistonga qarshi bahslar oson kechmasligiga ishonishini bildirdi.

— Portugaliya va Kongo uchun O'zbekistonga qarshi o'yinlar engil sayr bo'lmaydi. Ayniqsa, Portugaliya ham bundan mustasno emas. O'zbekiston kamida portugaliyaliklarning asabini ancha buzishi mumkin, — deya qo'shimcha qildi sobiq yarim himoyachi.

Manba: Stadion.uz