"Valensiya" "Barselona" bilan o'yin qaerda bo'lishi hali noma'lumligidan hayratda.

Yakshanba kuni Barselonada La Liganing 4-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Kataloniyaliklar "Kamp Nou"da "Valensiya"ni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Agar ular o'z vaqtida litsenziya ololmasalar, o'yin "Estadi Yoxan Kroyff" stadionida bo'lib o'tadi.

- O'yin "Kamp Nou"da yoki "Estadi Yoxan Kroyff" stadionida bo'lib o'tishi hozircha noma'lum. Bu haqda qanday fikrdasiz?

- Ajablanarlisi shundaki, o'yinga besh kun qolganida uning qaerda bo'lib o'tishi hali aniq emas. Bu muammoni ancha oldin hal qilish kerak edi - jamoa va muxlislarimiz uchun. Ko'ramiz, balki bugun hammasi oydinlashadi", - dedi "Valensiya" yarim himoyachisi Diego Lopes.