Umar Sodiq "Valensiya"ga qaytdi.

Klub "Real Sosedad"dan 28 yoshli hujumchi transferini e'lon qildi. Tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

AS xabariga ko'ra, bitimning qat'iy belgilangan summasi 4 million evroni, bonus qismi esa 1 mln. Shu bilan birga, 500 ming evro to'lovlariga erishish oson, bonuslarning ikkinchi yarmini to'lash shartlari esa qiyin deb hisoblanadi.

Sodiq 2024/25-yilgi mavsumning ikkinchi qismida "Valensiya"da ijara asosida o'ynagan edi. U La Liganing joriy mavsumida 5ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga gol yozdirib qo'ymadi.