«Valensiya» sobiq futbolchisi 8,5 yilga qamaldi

«Valensiya» va «Elche» klublarining sobiq futbolchisi Rafa Mir jinsiy zo'ravonlik va tan jarohati etkazish ishi bo'yicha sakkiz yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi.
El Mundo nashrining xabar berishicha, bunday qaror Valensiya Provintsiya sudining To'rtinchi palatasi tomonidan qabul qilingan. Sud, shuningdek, jabrlanuvchilarga tovon puli to'lanishini ham belgiladi. Hukmga ko'ra, birinchi da'vogar 64 ming evro, ikkinchisi esa 6280 evro miqdorida kompensatsiya oladi. Shu bilan birga, ushbu qaror hali qonuniy kuchga kirmagan va tomonlar ushbu hukm ustidan apellyatsiya arizasi berishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, Rafa Mir sud jarayoni davomida ayblovlarni rad etib, barcha harakatlar ikki tomonlama rozilik asosida bo'lganini ta'kidlab kelayotgan edi.