“Valensiya” ishtirokidagi o'yin qoldirildi

La Liganing 7-turidan o'rin olgan “Valensiya” – “Real Ovedo” uchrashuvi noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirildi.
Bu haqda "Valensiya" matbuot xizmati xabar berdi. Xabar qilinishicha, La Liga vakillari "Valensiya" rahbariyatini "Real Ovedo" bilan o'yinni dushanbadan seshanbaga ko'chirish qarori haqida xabardor qilgan.
Kechiktirishga Valensiyadagi kuchli yog'ingarchilikdan iborat noqulay ob-havo prognozi sabab bo'lgan. “Valensiya” – “Real Ovedo” uchrashuvining yangi sanasi 30 sentyabr.