"Valensiya" etakchilaridan biri bilan yangi shartnoma imzoladi

"Valensiya" hujumkor yarim himoyachisi Andre Almeyda klub bilan yangi shartnoma imzoladi.
"Ko'rshapalaklar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, 25 yoshli portugaliyalik bilan yangi kelishuv 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Almeyda 2022 yilda 8 million evro evaziga "Vitoriy Gimaraes" klubidan transfer qilingan. U jamoa uchun jami 96 ta o'yinda 4 ta gol urib, 10 ta golli uzatma bergan.