Valdano: «Zamonaviy futbol haddan tashqari tizimli bo'lib bormoqda»

«Real Madrid» klubining sobiq futbolchisi va murabbiyi Xorxe Valdano zamonaviy futbol haqidagi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Mening nazarimda, futbol haddan tashqari tizimli bo'lib bormoqda: unda talantni (iqtidorni) to'ldirish o'rniga, uning o'rnini boshqa narsa bilan almashtirishga harakat qilishyapti.
Baxtimizga, bizni bunday tizimlashib ketishdan himoya qiladigan o'ziga xos, noodatiy futbolchilar paydo bo'lishda davom etmoqda.
Talant — futbolni qamrab olayotgan mana shu nazoratni buzib tashlay oladigan yagona kuchdir», — dedi Valdano.