Valdano Arbeloaning "Real" boshqaruviga tayinlanganiga munosabat bildirdi

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Xorxe Valdano Xabi Alonso iste'foga chiqarilgach, "qaymoqranglilar" boshqaruviga Alvaro Arbeloa tayinlangani haqida fikr bildirdi.
"Arbeloa klubdagi hamma narsani yaxshi biladi. U ko'p yillardan buyon "Real" tizimida ishlab kelmoqda. Alvaro hozir jamoa kiyinish xonasida nima bo'layotganini juda yaxshi biladi. Kutish va voqealar rivoji qanday davom etishini kuzatish kerak," - deya ekspertning so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.
Alonso o'tgan yilning yozidan buyon "qirollik klubi" ustozi sifatida ishlab kelayotgandi. Ispaniyalik mutaxassis qo'l ostidagi so'nggi bahsda "Real" Kataloniyaning "Barselona" jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.