Usik – yana P4P reytingida etakchi

Boks bo'yicha nufuzli The Ring nashri vazn toifasidan qat'i nazar dunyoning eng yaxshi jangchilari reytingini e'lon qildi.
Birinchi o'rinni yana ukrainalik WBA, WBC, IBF, IBO yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Aleksandr Usik egalladi. Ikkinchi o'rinni engil vazn toifasida yaponiyalik chempion Naoya Inui egallagan bo'lsa, TOP-3ni ikkinchi engil vazn toifasida WBO va WBA yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Jessi Rodriges yakunlab bergan.