Super og'ir vazn toifasida jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik Riko Verxovenga qarshi jangi uchun 100 million dollar gonorar olgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Mening gonorarlarimni hisoblashlari hayron qoldiradi. Ba'zan maza qilaman — u erda 100 millionmish. Biznes va boshqa sohalarni biroz o'rganayotgan inson sifatida, bu 100 million qaerdan paydo bo'lganini tushuna olmayapman. Nimaning hisobiga? O'ylab qolaman: "Agar rostdan ham 100 million bo'lsa, juda yaxshi bo'lardi.

Aytishadiku: "Cho'ntakdagi pul odamni tinch qo'ymaydi". Hammamiz birovning pulini hisoblaymiz va o'zimiznikini juda qattiq yashiramiz. Men bunga bir kasallik deb qarayman», — dedi Usik.