Superog'ir vazn toifasida engilmas sobiq mutlaq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik nima uchun o'zini hech qachon eng yaxshi bokschi deb tan olmasligi sababini tushuntirdi.

«Eng yaxshilar orasida o'zimga baho berish va bu tanlovni qilish mening ishim emas. Bu muxlislar va odamlarning ishi. Men har safar o'zim uchun anderdogman (favorit bo'lmagan tomon). Nima uchun bunday deyman? Chunki mening Xudoyim Iso Masih shunday degan: Agar sen o'z Meningni oldinga sursang, men seni sindiraman. Agar sen tinchgina o'z o'rningda tursang, mehnat qilsang, ibodat qilsang va o'zingni kamtar tutsang — men senga yanada ko'proq kuch beraman», — dedi Usik Sport.ua portaliga bergan intervyusida.

Ukrainalik bokschining professional faoliyatidagi rekordi 25 ta g'alabadan iborat bo'lib, ularning 16 tasini muddatidan oldin qo'lga kiritgan va biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan. Aleksandr Usik professional ringdagi debyutini 2013 yilning noyabr oyida o'tkazgan hamda 2012 yilgi Olimpiada o'yinlari chempioni hisoblanadi.

Manba: Stadion.uz