Urugvaylik futbolchi "MYu"ga kerak bo'lmay qoldi

Urugvaylik xavbek Manuel Ugarte "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. Bu haqda talkSPORT yozmoqda.
Gap shundaki, "qizil iblislar" yarim himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi. Ugarte jamoaning kelajakdagi rejalarida yo'q. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 mln evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Manuel Ugarte "Manchester Yunayted" safida 9 ta o'yin o'tkazdi. Ularda xavbek samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.