Urugvay bosh murabbiyi O'zbekiston haqida qanday fikrda?

13 oktyabr kuni Urugvay terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida O'zbekistonni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
O'yindan so'ng Janubiy amerikaliklar bosh murabbiyi Marselo Belsa vakillarimiz haqida fikr bildirdi.
«O'zbekiston juda intizomli, mehnatkash va tartibli jamoaligini ko'rdim. Birinchi taymda bizga bosim o'tkazishdi. Oqibatda, to'p bizda bo'lishiga qaramay, o'yinimizni to'g'ri yo'lga tushira olmadik. Faqatgina ikkinchi taymga kelib bosim biroz pasaydi va biz hujumlar orqali ikkita gol urishga erishdik», - dedi Belsa.