Urugvay bosh murabbiyi: "Arauxo umuman xatoga yo'l qo'ymadi"

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa jamoa himoyachisi Ronald Arauxoning Chiliga qarshi kechgan o'yindagi harakatlari haqida fikr bildirdi.
10 sentyabr kuni Urugvay 2026 yilgi jahon chempionati saralashining 18-turida chililiklar mehmoni bo'lib, 0:0 hisobida durang o'ynadi.
"U Urugvay terma jamoasining to'p bilan o'ynaydigan asosiy futbolchisi edi. U havoda va uzatmalarda juda ishonchli harakat qildi. U xatolarga yo'l qo'ymadi, bosiq o'yin ko'rsatdi," - dedi Belsa.