Ursula fon der Lyayen Ispaniya terma jamoasini JCh-2026 g'olibligi bilan tabrikladi

Evropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Ispaniya terma jamoasini jahon chempionatidagi g'alabasi bilan tabrikladi.
Ispaniyaliklar JCh-2026 final o'yinida Argentinani mag'lub etdi (1:0).
«Chempionlar! Tabriklarni qabul qil, Ispaniya! Evropa sen bilan birga bayram qilmoqda», – deb yozdi fon der Lyayen o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq u jahon chempionati finaliga taklif olgani, biroq ish jadvali tufayli unga bora olmagani xabar qilingan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar