Urmat Abdukaimov Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Tegishli qaror 25 avgust kuni QFI Ijroiya qo'mitasining yig'ilishida qabul qilindi.
Abdukaimov bosh murabbiylik postida Robert Prosinechkining o'rnini egalladi. Yangi murabbiy oldiga terma jamoani bo'lajak xalqaro turnirlarga, jumladan 2027 yilgi Osiyo kubogiga tayyorlash hamda milliy jamoa oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish topshirildi.
Urmat Abdukaimov Osiyo futbol konfederatsiyasining A kategoriyasidagi murabbiylik licenziyasiga ega. U Qirg'iziston futbolida turli darajalarda faoliyat yuritgan va yoshlar hamda milliy terma jamoalar bilan ishlash tajribasiga ega.
Ilgari Abdukaimov Qirg'iziston U-23 olimpiya terma jamoasini boshqargan. Shuningdek, u oliy liganing "Talant" klubi bosh murabbiyi bo'lgan.
Bundan tashqari, Abdukaimov Qirg'iziston futbol ittifoqi tomonidan tashkil etiladigan murabbiylik kurslari va seminarlarida instruktor sifatida ishlaydi.
Kommentariyalar