«Bavariya» va Frantsiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Dayo Upamekano uning klubdoshi Maykl Oliseni Madridning «Real» klubida kutish kerakmi-yo'qmi — shu haqdagi savolga javob berdi.

24 yoshli vinger Ispaniya grandi prezidenti Florentino Peres uchun «orzudagi xarid» deb atalmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, «qaymoqranglilar» futbolchi uchun katta mablag' taklif qilishga tayyor, biroq «Bavariya» uni qo'yib yuborish niyatida emas.

— Oxirgi paytlarda Olisening «Real»ga o'tishi mumkinligi mavzusi faol muhokama qilinmoqda. Siz undan jamoada qolishni so'radingizmi?

— U qoladi, u qoladi, — deya tabassum bilan javob qaytardi Upamekano.

Ma'lumot uchun, Maykl Olise JCh-2026 da golli uzatmalar berish bo'yicha peshqadamlik qilmoqda — uning hisobida 5 ta assist mavjud.

Manba: Stadion.uz