"Bavariya" markaziy himoyachisi Dayo Upamekano kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.

Frantsuz joriy mavsum yakunlanganidan keyin erkin agentga aylanishi mumkin - "Bavariya" bilan shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Yaqinda o'tkazilgan intervyuda 27 yoshli futbolchidan terma jamoadagi hamkasbi Usmon Dembele bilan klub miqyosida birga to'p surish istagi bor-yo'qligi so'raldi.

"Albatta, nega endi yo'q? Lekin biz hech qaerga shoshilmayapmiz.

Shuningdek, myunxenliklar futbolchisiga shartnomani uzaytirish bo'yicha an'anaviy savol berildi: "Men "Bavariya"da qolishga tayyormanmi? Ha, albatta," - dedi Upamekano Telefoot bilan suhbatda.