Upamekano: «Ikki xil qiyofa namoyish etdik, deb aytmagan bo'lardim»

Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Dayo Upamekano Senegalga qarshi JCh-2026 uchrashuvi yakunlanganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Dide Desham shogirdlari 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
«Bu yoqimli. Biz 3 ochkoni qo'lga kiritish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik. Bu haqiqiy jang bo'lishini bilardik. Ikki xil qiyofa namoyish etdik, deb aytmagan bo'lardim. Biz birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham vaziyatlar yaratdik. Ularda charchoq yoki bo'shashish holati kuzatilishi mumkinligini bilardik.
Senegalga qarshi o'ynash doimo qiyin, ular Afrika chempionlari hisoblanishadi. Ularni tabriklayman, bu juda kuchli jamoa. Tarkibda kichik o'zgarishlar bo'ldi. Murabbiy bizga bo'shashmaslikni aytdi. Diqqatni saqlab qolish uchun hamma narsani qildik. Zaxiradan maydonga tushganlar, misol uchun Barkola, o'yinga juda yaxshi kirishib ketishdi», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi RMC Sport.
Frantsiyaning turnirdagi keyingi raqibi Iroq terma jamoasi bo'ladi. O'yin 23 iyun kuni bo'lib o'tadi.