Frantsiya terma jamoasi va «Bavariya» himoyachisi Dayo Upamekano Germaniya terma jamoasining jahon chempionatidan chiqib ketganidan hafsalasi pir bo'lganini tan oldi.

«Men Germaniya bilan o'ynashni istagandim, ammo, afsuski, ular musobaqani tark etishdi. Futbol shunaqa. Endi ular tushkunlikka tushmasdan, shunchaki oldinga intilishlari kerak», — dedi Upamekano jurnalist Florian Plettenbergga bergan intervyusida.

Frantsiya terma jamoasi esa shvetsiyalik raqiblarini yirik hisobda (3:0) mag'lub etib, 1/8 final yo'llanmasini hech qanday muammosiz qo'lga kiritdi.

Manba: Stadion.uz