Upamekano "Bavariya" oldidagi talablarini pasaytirmayapti

"Bavariya" markaziy himoyachisi Dayo Upamekano moliyaviy talablarni pasaytirmoqchi emas. Frantsuzning amaldagi shartnomasi kelasi yozda o'z nihoyasiga etadi, myunxenliklar bilan muzokaralar davom etmoqda, biroq kelishuvga erishilmagan.
Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, 26 yoshli futbolchi va uning agenti "Bavariya"ga yon bosmoqchi emas. Nemis grandi rahbariyati futbolchining maosh va komissiya to'lovlari bo'yicha so'rovlarini qondirish yoki qondirmaslik masalasini hal qilishi kerak.
Manbaga ko'ra, Upamekanoning erkin agent sifatida ketishi stsenariysi hozirda real ko'rinmoqda. "Bavariya" sport bo'limi boshlig'i Maks Eberl markaziy himoyachini saqlab qolish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.