Uotkins kutilmagan jamoaga o'tmoqda

«Aston Villa»ning 30 yoshli hujumchisi Olli Uotkins Turkiyaning «Fenerbaxche» klubiga o'tishi mumkin.
Turkiyaning Sabah nashri xabariga ko'ra, «Fenerbaxche» Uotkins bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan. Transfer amalga oshgan taqdirda, hujumchi yiliga 9 million evro maosh oladigan uch yillik bitimni imzolaydi.
«Aston Villa» Uotkins uchun 35 million evro talab qilmoqda, biroq «Fenerbaxche» transfer narxini 25 million evrogacha pasaytirmoqchi.
2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 55 ta uchrashuvda ishtirok etib, 21 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Uotkinsning «Aston Villa» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar