Uotkins: «100 ta gol — men doim intilgan marra edi»

«Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins Birmingem jamoasi safidagi o'zining 100-goliga izoh berdi. Futbolchi Evropa Ligasi 1/4 finali doirasidagi «Bolonya»ga qarshi javob uchrashuvida raqib darvozasini ishg'ol etdi.
U 16-daqiqada hisobni ochdi. Shundan so'ng inglizlar raqib darvozasiga yana uchta to'p kiritib, yirik hisobdagi g'alabani (4:0) qo'lga kiritdilar.
«Bu men doim intilgan natija edi, shu bois erishgan yutug'imdan juda faxrlanaman. Bu o'ziga xos voqea — men buni shu erda, oilam va do'stlarim ko'z o'nggida amalga oshirdim», — deya hujumchining so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Qayd etish joizki, ushbu gol Uotkins uchun 2026 yilning yanvaridan buyon birinchisi bo'ldi. Turnir yarim finalida «Aston Villa» «Nottingem Forest» bilan to'qnash keladi.
Kommentariyalar