"Uotford" tez orada bosh murabbiyini o'zgartirishi mumkin, chunki klub rahbariyati jamoa ustozi Paulo Petstsolanodan norozi, deb xabar beradi Sky Sports.

Manba bergan xabarga ko'ra, klub yaqin orada urugvaylik murabbiy bilan shartnomani bekor qiladi.

Uning o'rniga asosiy nomzod ispaniyalik murabbiy Xaver Grasiya hisoblanadi. Grasiya etti yil oldin allaqachon “Uotford”ni boshqargan edi.