Uorton: «Glasnerning ikki yarim yil ichida «Pelas»da amalga oshirgan ishlari aql bovar qilmas darajada»

Angliyaning «Kristal Pelas» klubi yarim himoyachisi Adam Uorton yozda jamoani tark etadigan bosh murabbiy Oliver Glasner haqida o'z fikrlarini bildirdi. Eslatib o'tamiz, 27 may kuni «Kristal Pelas» Konferentsiyalar ligasi finalida Ispaniyaning «Rayo Valekano» jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritdi.
«Bu uning «Pelas» bosh murabbiyi sifatidagi so'nggi o'yini edi... U ikki yarim yil ichida amalga oshirgan o'zgarishlar shunchaki hayratlanarli. «Kristal Pelas» uchun uchta kubok — klub tarixidagi ilk uchta sovrin — bu aql bovar qilmas natija. So'zsiz, u jamoa tarixida ishlagan eng yaxshi murabbiylardan biridir.
U klubning bugungi darajaga chiqishiga ulkan ta'sir ko'rsatdi. Endi biz nafaqat Premer-ligada jon saqlash yoki Evropada o'ynash, balki iloji boricha yuqoriroqqa ko'tarilib, g'alaba qozonishga intilyapmiz», — dedi Uorton.