Uoker: "Manchester Siti" muxlislarini juda hurmat qilaman"

Angliyalik himoyachi Kayl Uoker Premer-ligaga qaytdi va hozirda "Byornli" sharafini himoya qilmoqda. Bu "Milan"dagi muvaffaqiyatsiz o'yinlaridan so'ng sodir bo'ldi, u "Manchester Siti"da zaxira o'rindig'ida o'tirishdan charchab, u erga o'tishga qaror qilgandi. Shunga qaramay, u Xosep Gvardiola klubini iliq xotiralar bilan eslaydi.
"Manchester Siti" muxlislarini juda hurmat qilaman. Ular haqiqatan ham quvonchda ham, qayg'uda ham klub bilan qolishdi. Men sardor edim va jamoa unchalik yaxshi o'ynamadi. Ko'plab muhim o'yinchilar o'tgan mavsumda o'chib qolgandek edi. Men esa buning uchun o'zimni aybdor his qildim," - deya Uokerning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.