"Unga faqat sovrinlar etishmayapti": Jezus Sakaning mahoratiga yuqori baho berdi

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Jezus jamoadoshi Bukayo Sakaning darajasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Braziliyalik hujumchining fikricha, 24 yoshli ingliz futbolchisi hamon dunyoning eng yaxshi vingerlari qatoriga kiradi.
«U shubhasiz eng yaxshilar qatorida. Sport formasi yoki turli o'yin uslublari haqida gapirish mumkin, lekin har bir futbolchi o'ziga xos fazilatlarga va hal qiluvchi pallada o'zini ko'rsata olish qobiliyatiga ega. Bukayo — ana shundaylardan biri. Balki unga hozircha sovrinlar etishmayotgandir, lekin tez orada bu vaziyat o'zgaradi», — dedi Jezus Rio Ferdinandning podkastida.