20 may kuni Unai Emeri boshchiligida "Aston Villa" klubi Germaniyaning “Frayburg” jamoasini UEFA Evropa ligasi finalida 3:0 hisobida mag'lub etdi.

“Frayburg” ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) Emeri uchun bosh murabbiy sifatidagi 600-g'alaba bo'ldi. Uning hisobida hozirgacha 1120 ta o'yin bor: 600 g'alaba, 240 durang va 280 mag'lubiyat.

Emeri murabbiylik faoliyatidagi ilk g'alabasini 2005 yil 9 yanvar kuni “Lorka” boshqaruvida qo'lga kiritgan. O'shanda uning jamoasi safarda “Esixa”ni 3:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Manba: sport24.ru