Unai Emeri uchta turli klub bilan evrokubok yutgan tarixdagi to'rtinchi murabbiy bo'ldi

Unai Emeri yana bir bor Evropa ligasidagi g'alabani nishonladi — bu safar «Aston Villa» klubi bilan. Birmingemliklar chorshanba kuni bo'lib o'tgan final uchrashuvida «Frayburg» jamoasini mag'lub etishdi (3:0).
Squawka tahliliy portalining qayd etishicha, ispaniyalik mutaxassis kamida uchta turli jamoa bilan evrokuboklarda g'olib chiqqan tarixdagi to'rtinchi murabbiyga aylandi.
Bungacha bunday natijani faqat Joze Mourino («Portu», «Inter», «Manchester Yunayted» va «Roma»), Rafael Benites («Valensiya», «Liverpul» va «Chelsi») hamda Udo Lattek («Bavariya», Myonxengladbaxning «Borussiya»si va «Barselona») qayd etishgan edi. Eslatib o'tamiz, Emeri bundan avval «Sevilya» bilan uch marta va «Vilyarreal» bilan bir marta Evropa ligasida zafar quchgan. Ushbu mutaxassis nufuzi jihatidan ikkinchi o'rinda turuvchi evrokubokda eng ko'p g'alaba qozonish bo'yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi.