«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa ligasi finalida «Frayburg» ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Bu yil «Aston Villa» juda jiddiy va bor e'tiborini qaratgan holda harakat qildi. Futbolchilar ulkan ishtiyoq namoyish etishdi. Men ularga bu xususiyat Evropa ligasida biz uchun juda zarur bo'lishini aytgandim. Maydonda markaziy qahramonlar rolini ijro etish lozim edi va ular buni uddalashdi.

Fantastika. Evrokuboklar «Aston Villa»ga ko'p narsa berdi. Xuddi shu gapni shaxsan o'zim haqimda ham aytishim mumkin. Evrokuboklarda o'ynash imkoniyati uchun doimo minnatdor bo'laman. Bu erda gap har bir turnir: Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasi haqida ketmoqda. Albatta, Evropa ligasi menga ayniqsa yaqin. Men o'zim ishlagan barcha klublardan minnatdorman, chunki ular menga to'g'ri yo'lni ko'rsatishdi. Ispaniyada — «Valensiya», «Sevilya» va «Vilyarreal»da, hamda bu erda — «Aston Villa»da alohida qo'llab-quvvatlashni his qildim», — deya Emerining so'zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy sayti.

«Aston Villa» o'z tarixida ilk bor Evropa ligasida g'olib chiqdi. Bu ingliz klubi uchun 1982 yildan beri ilk yirik evrokubok finali edi. O'shanda jamoa Evropa chempionlar kubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan edi.