Umarbek Eshmurodov O'zbekiston milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Qarshining “Nasaf” klubi himoyachisi Umarbek Eshmurodov terma jamoa safidagi faoliyatini yakunlaganini rasman e'lon qildi. Bu haqda futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
Tajribali futbolchi Instagram sahifasida terma jamoa libosidagi suratini joylab, o'zining ushbu qarorini quyidagicha izohlagan:
“Milliy terma jamoa — orzu, sharaf, or-nomus, g'urur... Endi muxlis sifatida davom etamiz. Olg'a, O'zbekiston!” deb yozadi Eshmurodov.
Ma'lumot o'rnida, Umarbek Eshmurodov O'zbekiston milliy terma jamoasi safida ilk bor 2020-yilning 23 fevral kuni Belarus terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan edi. U o'tgan davr mobaynida “oq bo'rilar” safida jami 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu qaror O'zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlanganidan so'ng qabul qilindi. Endilikda 33 yoshli futbolchi o'zining professional faoliyatini faqatgina klub miqyosida davom ettiradi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar