Umarali Rahmonaliev «Sabah» safida Ozarbayjon chempioniga aylandi

O'zbekiston milliy jamoasi Umarali Rahmonaliev «Sabah» jamoasi bilan birga Ozarbayjon chempioni bo'ldi.
Jamoa turnir yakunlanishiga 4 tur qolganda «Qorabog'»ni 13 ochko farqi bilan ortda qoldirdi va muddatidan avval mamlakat chempioniga aylandi.
Rahmonaliev musobaqa davomida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Manba: stadion.uz