«Bavariya» faxriy prezidenti Uli Xyoness Xarri Keynning «Barselona»ga sotilishi haqidagi gap-so'zlarga nuqta qo'ydi.

— Xarri Keyn — biz amalga oshirgan eng yaxshi transfer.

— Aytishlaricha, unga «Barselona» qiziqish bildirmoqda.

— «Bavariya» — sotadigan emas, sotib oladigan klub.

— Uning jamoada qolishini aniq ayta olasizmi?

— Ha. Baribir «Barselona»ning puli yo'q, — dedi Xyoness Das Erste nashriga bergan intervyusida.