Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal JCh-2026da yaqqol favoritlarni ko'rmayapti.

– Musobaqa favoriti kim?

– Birinchi navbatda, dastlabki o'yinda g'alaba qozonish kerak. Hozir bizdan sezilarli darajada kuchsiz bo'lgan birorta ham terma jamoa yo'q. Maydonga tushib, chiroyli futbol ko'rsatish va g'alaba qozonish lozim. Mag'lub etib bo'lmaydigan jamoaning o'zi yo'q.

Frantsiya bizdan kuchli emas — axir ular Evropa chempionatida bizni mag'lub eta olishmadi-ku. Shunday ekan, hech qanday favoritlar yo'q. Birorta ham terma jamoa qolganlardan ustun emas, — dedi Yamal.

Manba: Stadion.uz