"Shaxtyor" sharafini himoya qilayotgan ukrainalik xavbek Georgiy Sudakov Portugaliya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Record jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, 22 yoshli yarim himoyachining transferiga Lissabonning "Benfika" klubi qiziqish bildirmoqda. Potentsial bitim summasi taxminan 32 million evroni tashkil qilishi mumkin. Nufuzli "Transfermarkt" portali futbolchini aynan shunday baholaydi.

Joriy mavsum Sudakov to'qqizta o'yinda qatnashib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Georgiyning "Shaxtyor" bilan amaldagi shartnomasi muddati 2028 yil dekabr oyi oxirida tugaydi.