Ukraina terma jamoasi JCh-2026 yo'llanmasi uchun kechgan pley-off bahsida Shvetsiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu natija haqida «sariq-ko'klar» himoyachisi Vitaliy Mikolenko o'z fikrlarini bildirdi.

«Mag'lubiyat sababi? Hech narsa demayman. Shunchaki, maydonga tushib, bunday ojiz o'yin ko'rsatganimizdan uyalyapman. Bu sharmandalik», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi Ukraina OAVlari.

Shu tariqa, Ukraina terma jamoasi 2026 yilgi mundial yo'llanmasi uchun kurashni to'xtatdi.

Shvetsiya esa, o'z navbatida, pley-off bosqichining finaliga yo'l oldi. Skandinaviyaliklar bo'lajak Jahon chempionati yo'llanmasi uchun Polsha terma jamoasi bilan kuch sinashadigan bo'ldi.