Uilyams Ispaniyaning Jahon chempionatidagi maqsadini ma'lum qildi

Ispaniya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Niko Uilyams hozirgi vaqtda Shimoliy Amerika maydonlarida bo'lib o'tayotgan JCh-2026 turnirida «qizil furiya»ning maqsadlari qanday ekanligi haqida gapirdi.
«Debyut o'yinidan so'ng bizni nima uchun tanqid qilishayotganini yaxshi tushunib turibmiz. Ishonchim komilki, navbatdagi bahsda barcha butunlay boshqacha Ispaniya terma jamoasini ko'radi. Bu ancha uzoq davom etadigan turnir va biz chempion bo'lishni istaymiz. Xotirjamlik bilan mehnat qilishda davom etamiz», — deya futbolchining so'zlarini «Marca» gazetasi keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 1-turda Ispaniya terma jamoasi Kabo-Verde milliy jamoasi bilan to'qnash kelib, 0:0 hisobida durang o'ynagan edi.
Mundialdagi navbatdagi uchrashuvda Luis de la Fuente shogirdlari Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashishadi. Ushbu bahs 21 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz