Garri Uilson "Fulxem"dan "Lids"ga o'tdi. Uelslik futbolchi Yorkshir klubiga erkin agent maqomida kelib qo'shildi va to'rt yillik uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Uilson "dala hovli egalari"ning eng yaxshi o'yinchilaridan biriga aylangan edi. U Angliya Premer-ligasining 36 ta uchrashuvida 10 ta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi. Uilson o'z faoliyatining besh yilini "Fulxem"da o'tkazdi. 2015 yildan 2021 yilgacha bo'lgan davrda u o'z ona klubi "Liverpul" tizimida bo'lgan, biroq bu vaqt ichida "qizillar"ning asosiy tarkibida biror marta ham maydonga tushmay, besh marta ijaraga berilgan edi.

"Lids" ham, "Fulxem" kabi, APLning o'tgan mavsumini turnir jadvalining o'rtasida yakunlab, muddatidan avval quyi ligaga tushib ketish xavfidan qutulib qolgandi. "Tovuslar" 47 ochko bilan yakuniy 14-o'rinni, londonliklar esa 52 ochko bilan 11-o'rinni egalladi.

Manba: Stadion.uz