Uilshir «Luton Taun» bilan ilk kubogini qo'lga kiritdi

Londonning «Arsenal» klubi sobiq o'yinchisi Jek Uilshir «Luton Taun» boshqaruvida o'zining ilk sovrinini qo'lga kiritdi. 2022 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Uilshir murabbiylik faoliyatini boshladi — dastlab o'zi ilgari to'p surgan «Arsenal»ning yoshlar jamoasida ishladi. Ammo ko'p o'tmay, unga jiddiyroq takliflar tusha boshladi va 2024 yilda «Norvich» klubiga o'tdi.
O'tgan yili esa u «kanareykalar»ni ingliz futbolining uchinchi divizionida ishtirok etayotgan «Luton Taun»ga almashtirdi. O'tgan dam olish kunlarida uning klubi finalda «Stokport Kaunti»ni 3:1 hisobida mag'lub etib, ilk sovrin — EFL Trophy kubogiga ega chiqdi.
Endi jamoa oldida boshqa vazifa turibdi — oradagi olti ochkolik farqni yo'qqa chiqarish va Chempionshipga yo'llanma beruvchi pley-off bosqichiga yo'l olish.